PAYG’AMBAR MUSO a.s.

Biz Bani Isroilni dengizdan o‘tkazganimizdan keyin ularga zulmu zo‘ravonlik qilish uchun Fir’avn va uning lashkari quvib yetdi. Endi unga (Fir’avnga dengizda) g‘arq bo‘lish (payti) yetganida esa, u deli: «Hech qanday iloh yo‘q, magar Bani Isroil iymon keltirgan zot — Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men musulmonlardandirman — Allohga bo‘yinsunuvchilardandirman».  Endi-ya! Axir sen ilgari (ya’ni shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzg‘unchi kimsalardan bo‘lgan eding-ku!  Mana bugun o‘zingdan keyingi kishilarga oyat — ibrat bo‘lishing uchun sening jasadingni qutqarurmiz. Darhaqiqat, ko‘p odamlar Bizning oyatlarimizdan g‘ofildirlar (ya’ni ulardan ibrat olmaydilar).(Yunus surasi, 90-92)

Muso alayhissalom – Allohning payg’ambari bo’lib, Quroni Karimda ismlari tez tez uchraydi. Alloh Muso a.s. ga Tavrotni nozil qilgan. Biroq hozirgi kunda yahudiylarning tavrot kitobi va nasarolar Injilining Eski Ahd kitobi asl nushasini yo’qotgan bo’lib, ularga inson so’zlari va talqinlari kiritilgan.  Ammo yahudiylar va nasarolar o’zgartirilgan ushbu kitoblarni Allohdan nozil bo’lgan asl nushasidan deb hisoblashadi.  Yahudiylar haq yo’ldan adashib ketishgan, chunki ular e’tiqod qiladigan kitob ularga Muso a.s. orqali tushirilgan ilohiy kitobdan farq qiladi..

Biz Muso a.s. hayotlari va yahshi hulqlari haqida hamma narsani Quroni Karim orqali bilamiz. Quronda ma’lum qilinishicha, qadimgi Misrda shohlar “Fir’avn” deb atalgan. Fir’avnlarni ko’pchiligi Allohga ishonmaydigan kimsalar bo’lgan va o’zlarini iloh deb bilishgan. Alloh eng zolim shohlarning biriga Muso a.s.ni yubordi.

Muso a.s hayotlari haqidagi oyatlarni o’qir ekanmiz, alohida to’htalmog’imiz lozim bo’lgan muhim masala – “taqdir”dir.  Quyidagi voqealar payg’ambarni Fir’avn saroyiga olib boradi:

Muso a.s. tug’ilgan paytlarida Fir’avn lashkarlariga mamlakatida tug’ilgan har bir o’g’il bola chaqaloqni o’ldirishni buyurgan edi. Muso a.s. ham anashu havf ostidagil bolalardan biri edi. Alloh Muso a.s.ning onasiga uni sandiqqa solib dengizda qoldirishni va ohir oqibat unga payg’ambar qilib qaytarishi va’dasi bilan ilhomlantirdi. Ona aytilganidek bajardi. Sandiq suvda oqib borib Fir’avn saroyi yaqinidagi sohilga kelib qoldi. Fir’avnning hotini uni topib oldi va bolani saroyga o’zi bilan olib kelishga qaror qildi. Shunday qilib, hech narsadan behabar Fir’avn kelajakda Alloh bilan muloqot qiladigan va uning kufriga qarshi chiqadigan insonni o’z saroyida parvarish qilayotgan edi. Alloh o’z Ilmi oliysi bilan har bir narsani bilguvchi Zot va U Muso a.s.ni Fir’avn o’z saroyida katta qilishini ham bilardi.  Alloh Muso a.s tug’ilgan chog’laridayoq Fira’vn topib olishi uchun daryoda qoldirilishi va nihoyat Muso a.s. payg’ambar bo’lishini bilgan edi.

Shu o’rinda e’tibor berishimiz lozim bo’lgan haqiqat shuki, Muso a.s.ning hayotlaridagi har bir hodisa Alloh oldindan bitib qo’ygan taqdirga muvofiq sodir bo’lgan.

Muso a.s. navqiron yigit bo’lgan davrlarida Misrni tark etdilar. Biroz muddatdan so’ng Alloh uni o’zining elchisi etib, Harun a.s. ismli og’asi bilan quvvatladi.

Ularning ikkisi ham Fir’avnga borib Allohning habarini yetkazdi. Bu juda ham qiyin vazifa bo’lsada ular ikkilanmay zolim boshliqni Allohga ishonishga va Unga ibodat qilishga chaqirdilar. Muso a.s.ning ushbu davatlari Quronda quyidagicha bayon etilgan:

So‘ngra – ulardan keyin Musoni O’z oyatlarimiz bilan Fir’avn va uning odamlariga yuborgan edik, ular (u oyatlarga) zolim-kofir bo‘ldilar. Ana endi buzg‘unchilarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ring!

(Muso) dedi: «Ey Fir’avn, albatta men barcha olamlarning Parvardigoridan elchiman. Mening zimmamda Alloh sha’niga faqat haqni aytish bordir. Mana, sizlarga parvardigoringizdan hujjat keltirdim. Bas, endi bani Isroilni men bilan birga (o‘z yurtlariga) jo‘natgin». (A’rof surasi, 103-105.)

Fir’avn haddidan oshgan, kibrli kimsa edi. U o’zicha hamma narsa uning qo’li ostida deb o’ylab Allohga qarshi chiqdi. Alloh unga O’z mulki, qudrati va yerlarini bag’shida etgan, biroq befahm Fir’avn bunga tushunib yetmadi.

Fir’avn Muso a.s. ga qarshi chiqdi, uning Allohga ishonchi yo’q edi va yuqorida ta’kidlanganidek juda zolim edi. U Isroil farzandlarini o’ziga qul qilgan edi. Qachonki Fir’avn Muso a.s. va barcha Allohga iymon keltirganlarni yo’q qilishga shaylangani ayon bo’lganida ular Muso a.s. boshchiligida Misrdan ko’chib ketdilar. Muso a.s. va Isroil farzandlari dengiz oralig’ida ularni ta’qib etib kelgan Fir’avn lashkarlariga duch keldilar. Hatto shunday og’ir vaziyatda ham Muso a.s. o’zlarini yoq’otib qo’ymadilar va Allohga ishonchlarini yo’qotmadilar. Alloh dengizni mo’jizaviy ravishda ikkiga bo’lib ularga kesib o’tishlari uchun yo’l paydo qilib qo’ydi. Bu Allohning Muso a.s.ga bergan buyuk mo’jizasi edi. Isroil farzandlari narigi qirg’oqqa o’tib bo’lishlari bilan bo’lingan dengizni o’z holiga qaytardi va Fir’avn hamda lashkarlari dengizga g’arq qilindi.

Alloh Quroni Karimda ushbu mo’jizaviy voqeani shunday bayon etadi:

(Ularning qilmishlari) xuddi Fir’avn odamlari va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga o‘xshaydi. Ular (Fir’avn odamlari) Parvardigorlarining oyatlarini yolg‘on deyishgach, Biz ularning gunoxlari sababli halok qildik va (dengizga) g‘arq etdik. (Chunki) hammalari zolim kimsalar edilar.(Anfal surasi, 54.)

Shu paytda Fir’avn o’lishini angladi, u Allohga ishonishini ta’kidladi va shu bilan o’zini qutqarishga urindi. Biz uning ohirgi daqiqadagi bu tavbasifoydasi borni -yo’qligini bilmaymiz, zotan Alloh faqatgina tavbamiz samimiy va o’lim yoqasida turgan daqiqadan oldin bo’lsagina kechiradi.  Alloh mehribon. Agar tavba ohirgi daqiqada, o’lim kelganida boshqa iloj topolmay qolganidan “tavba qildim” desa va albatta chin ihlos bilan bo’lmasa bunday pushaymonlik, tavba insonni qutqaraolmaydi. Fir’avnning holati ham ehtimol shunday bo’lgandir, ammo yolg’iz Alloh bilguvchi. Ushbu qissadan hissa shuki, biz ham hayotimiz mobaynida Allohga shukr qilib yahshashimiz va Fir’avning hatolaridan birortasini ham qilmasligimiz lozim. Agar shunday hato qilib qo’ysak, o’lim yoqasidagi tavbamiz yordam bermay qolishi mumkin.

HAYVONOT OLAMIGA SAYOHAT

BALIQLAR UCHADIMI?

Uchar baliqlar huddi qushlarga o’hshab qanotlari bilan uchmaydilar, balki  qushning qanotiga o’hshash qanotchalari bilan suzadilar. Ular soatiga 56 kilometr tezlikda suzadilar. Ushbu kichik baliqlar suvda qanotlarini yozgan va dumlarini suvdan chiqargan holatda tezroq harakatlanishlari mumkin. Shunday yo’l bilan ular suvda tez suzadilar.

Baliqchi qushlar

Baliqchi qushlar baliq tutishda katta mahoratga egadir. U qanotlaini yomg’irpo’sh shaklida boshi uzra keng yoyib yopib oladi. Natijada suv yuzasidan aks tushishidan to’sib soya qiladi.  Shunday qilib qush suv ostidagi o’ljasini bemalol ko’raoladi.  Uning qanotlari suv yuzasida doira shaklda soya hosil qiladi va shu doira ichida baliq ovlaydi.

TUYAQUSH

Tuyaqush judayam tez yuguradigan qushdir. U soatiga 70 km.gacha yuguraolishi mumkin. Tuyaqushning har bir oyog’ida ikki donadan barmoqlari bor va bu barmoqlarning biri ikkinchisidan ancha kattaroq.  Uning boshqalardan ajralib turadigan noyob qobiliyati - uning faqat shu katta barmog’ida yugurishidir.

KOLIBRI

Ko’rgan bo’lsangiz bu qush kichkinagina bo’lishiga qaramay juda uzoq masofalarga uchadi va ushbu parvoz mobaynida ular qanotlarini ikki yarim million marta atrofida  silkitadilar. Sizchi,  qo’llaringizni necha marotaba ko’tarib tushiraolasiz? Agar qo’llaringizni 50martacha yuqoriga pastga ko’tarib tushirib ko’rsangiz ertasi kuni ular og’rib qoladi.  Biroq ushbu nozik qushcha buni ikki yarim million marta barjarsa ham unga hech narsa qilmaydi.  Alloh bu qushlarni shunday o’ta qiyin vazifani uddalash qobiliyati bilan yaratgandir.

SUVDA SUZADIGAN QUSH

Bubilar shunday qushlarki, ular juda katta balandlikdan suvga sho’ngishadi va ularning oyoq barmoqlari orasini tutashtirib turuvchi pardalari bor. Alloh bunday suzishga moslangan oyoqlarni ularga dengiz yuzasida va tubida suzish uchun bergandir. Bubilar suvga sho’ng’ib baliq tutadilar va suv ostida uzoq masofalarga suzadilar.

DUO - ALLOHGA YAQIN BO’LISH YO’LIDIR

Alloh duoga katta e’tibor qaratgan bo’lib, quyidagi oyati karimada uning fazilati haqida shunday bayon etadi: “Agar duo-iltijolaringiz bo‘lmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas”, (Furqon surasi, 77oyat). Ushbu oyat insonning Alloh huzurida qiymati uning ibodatiga bog’liqligidan darak beradi. Chunki inson duosida yolg’iz Allohdan o’ziga kerakli narsani so’raydi.

Alloh bizning ehtiyojlarimiz uchun barcha narsalarni yaratgan va U barchasining Egasidir. Masalan, inson hayoti uchun zarur oziqni olaylik, Alloh sabzavot, meva, tovuqlar, qoramollar va boshqalarni yaratgan. Ota-onangiz va barcha atrofingizdagi odamlarni ham Alloh yaratgan. Qudratli Alloh insonlarga tana, aql, bilim, kuch, sog’liq kabi ne’matlarni va biz foydalanadigan imkoniyatlarni bergan.

Avval ta’kidlaganimizdek, Alloh ushbu barcha ne’matlarni biz uchun yaratgan. Biz iste’mol qilayotgan ovqatimiz uchun Allohga shukr qilmog’imiz lozim. Shuningdek bu oziq-ovqatni yeyish imkoniyatiga ega bo’lganimizga ham minnatdor bo’lishimiz kerak.  Buni bir daqiqa o’ylab ko’ring-da! Agar tishlaringiz bo’lmaganida qanday qilib ovqatni chaynay olardingiz?

Oshqozonsiz uni qanday hazm qilaolardingiz? Bizda ovqat hazm qilish tizimi bo’lmaganida oziq-ovqatning mavjudligi biron ahamiyatga ega bo’larmidi?Siz Allohning irodasi bilan oziqlanasiz. Chunki Alloh bizga barcha ne’matlarni ato etgan va biz biron narsa bo’lishini yoki biror narsaga erishishni hohlasak Ungagina duo qilishimiz shart. Biz hamma narsani Rabbimizdan iltijo qilib so’ramog’imiz lozim.

Ushbu misol sizga buni yahshiroq tushunish uchun yordam beradi:

Agar tugmani bossangiz chiroq yonadi, ana shu tugma yorug’likni yaratadi deb aytaolasizmi? Albatta, yo’q. Tugma bir vosita halos, elektr toki simlar orqali o’tadi. Bu dunyoda Alloh har bir narsaga sabab yaratgan. U suvni yaratdi. To’g’onlarda suv trubinalardan o’tadi va natijada elektr toki ishlab chiqariladi.  Simlar orqali elektr toki o’tadi va nihoyat lampa elektr tokidan yorug’likni hosil qiladi. Ammo yorug’likni Alloh yaratgan.  Agar Alloh hohlaganda edi, U elektr tokini ushbu sabablarsiz ham yaratgan bo’lardi. Biroq Rabbimiz bizga U nimani yaratganini anglab yetish, tafakkur qilish uchun aqlimizni ishlatishimizni  va shu yo’l bilan iymonga kelishimizni hohlaydi.

Sizga suv kerak bo’lsa kran jo’mragini buraysiz. Lekin ana shu jo’mrak yoki truba suvni vujudga keltiradigan manba deb aytaolasizmi? Huddi tugma singari jo’mrak ham bir vosita, sabab emas.

Ushbu dunyoqarashni qabul qilishimiz shart va bu biz nima uchun Allohga ibodat qilishimizni ifodalaydi.  Ya’ni, Alloh barcha narsani yaratgan va biz Unga toat-ibodat qilamiz.

Allohga nima uchun shukr qilishimiz va Ungagina ibodat qilishimiz sabablarining ro’yhati million tomlab kitoblarni to’ldirishi mumkin. Shuning uchun atrofingizda bularning muhimligiga e’tibor bermaydigan odamlarning mavjudligi sizni hech qachon to’g’ri fikrlashdan og’dirmasligi kerak. Undaylarning aql va tafakkur qobiliyatlarini to’g’ri ishlatabilmasliklari katta hatoga olib boradi.

Alloh bizga bunday insonlarni qanday  ohirat kutishi haqida ma’lum qilgan. Bizning ohiratdagi savobimiz yoki zajoimiz  bu dunyoda o’zimizni qanday hayot kechirganimiz va Allohga yaqin bo’lish uchun harakat qilgan yo qilmaganligimizga qarab beriladi. Har bir inson ohiratda o’zining qilgan ishlariga qarab munosib taqdirlanadi.

– Duo-iltijoni qanday qilamiz?

Duoda Allohning qudrati va buyukligini hayolda tutib, Unga muhtojligingizni his etib, ojizona hamda mahfiy iltijo qilmoq zarurdir. Alloh bizga Quroni Karimda qanday duo qilishimiz lozimlig haqida shunday ma’lum qiladi.

Parvardigoringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz! Zotan, u haddan oshuvchi kimsalarni (ya’ni el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas. (A’rof, 55.)

Duo ma’lum bir vaqt va joy bilan chegaralanmaydi. Biz doim Allohni yodda tutib Unga hohlagan payt duo qilishimiz mumkin.

Allohning mo’jizalari

Qur’oni Karim insoniyatga 1400 yil ilgari tushirilgan bo’lsada unga bog’liq ba’zi isbotlarni biz yaqin davrga kelibgina kashf etaoldik.

Alloh butun koinotdagi barcha narsani, jumladan sayyoralaru yulduzlarni, insonlaru hayvonlarni yaratgan Zotdir. Rabbimiz biz anglab yetaolmaydigan narsalarning hammasini biladi va U Qur’oni Karimda ulardan ba’zilarini bizga ma’lum qilgandir. Biz ularni Allohning irodasi bilan o’rgananishimiz mumkin, shundagina Allohning mo’jizalarini anglab yetamiz.

Olam qanday yaratilgan

U osmonlaru yerni yo’qdan Bor Qilguvchi Zotdir…(An’om surasi, 101oyat)

Olam bundan 15 milliard yil avval yo’qlikdan bor bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, olam to’satdan hech narsadan paydo bo’lgan.

Faqatgina yigirmanchi asr ilm-fani ushbu buyuk hodisani bizga ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Shuning uchun buni ilmiy jihatini 1400 yil ilgari bilishning imkoni yo’q edi. Ammo yuqoridagi oyatda ham ta’kidlanganidek, Alloh bu dalilni bizga nozil qilingan Qur’oni Karimda bayon etgan edi. Bu Qur’on mo’jizasi va u Allohning So’zi ekanligiga isbotlardan biridir.

Olamning kengayishi

14 asr ilgari, astronomiya fani hali ibtidoiy bo‘lgan paytda nozil bo‘lgan Qur’onda koinotning kengayishi quyidagi oyatda tasvirlab berilgan edi:

«Biz osmonni kuch-qudrat ila barpo etdik va darhaqiqat, Biz uni muttasil kengaytirib boruvchidirmiz.» («Zariyot» surasi, 47- oyat)

“Osmon” so’zi Qur’onning turli oyatlarida fazo va koinot ma’nosida kelgan, jumladan ushbu oyatda ham. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, Qur’onda koinot “kengaytirilgani” oshkor qilingan va bugungi kunga kelib ilm-fan aynan shunday hulosaga kelgan.

20 asr boshlariga qadar ilm-fan dunyosida “Koinot o’zgarmas tabiatli va u cheksiz zamondan buyon mavjud” degan birgina qarash mavjud edi. Biroq zamonaviy tehnologiyalar vositasida olib borilgan tadqiqot, kuzatuvlar va hisob-kitoblar koinotning ibtidosi bor va u muttasil “kengayib” borishini isbotlab berdi"

Yo’ldoshlar

Bizning yerimiz va boshqa sayyoralarning yo’ldoshi borligi ko’pchiligingizga ma’lum. Aslida, faqatgina bizning Quyosh tizimidagi sayyoralarning emas, balki koinotdagi boshqa barcha fazoviy jismlarining ham o’zlarining alohida yo’ldoshlari bor.  Shuningdek ular hammasi juda aniq hisobli yo’nalishda harakatlanishadi. Ushbu ilmiy haqiqatni olimlar yaqin davrdagina kashf etdilar, ammo bu haqiqat 1400 yil ilgari nozil qilingan edi:

(Alloh) kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bularning) barchasi o‘z falak-fazosida suzurlar! (Anbiyo surasi, 33oyat)

Bu oyatda ko’rinib turibdiki, Alloh bizga quyida aytilgan, yaqindagina kashf etilgan ilmiy dalil haqida ma’lum qilmoqda. Qur’on nozil qilingan paytda odamlar fazoviy jismlar muttasil o’z yo’llari bo’ylab harakat qilishini bilmas edilar. Ammo Alloh barcha narsalarni bilguvchi va U bandalariga nimani hohlasa shuni oshkor qiladi.

Yerning sharsimonligi

Qur’oni Karim nozil qilingan davrda astronomik tushunchalar dunyoni boshqacha talqin qilar edi. O’shanda bazilar dunyoni yassi tekislik deb o‘ylar va boshqalari esa turlicha faraz qilar edilar. Ammo yerning sharsimon ekanligi haqidagi asos o’shanda ma’lum emas edi. Biroq Muqaddas Qur’onda dunyoning aylana shaklda ekanligiga ishora qilingani anglab yetildi. Quyida bunga muvofiq oyati karima kelgan:

U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o‘rar, kunduzni kechaning ustidan o‘rar. («Zumar» surasi, 5-oyat)

Ushbu oyatda arabcha “takvir” so’zi «o‘ramoq» deb tarjima qilingan. O’zbekchada “biror narsa ustidan boshqasini aylantirib o‘rash, atrofidan bir necha bor aylantirib joylash”, bog‘lash (Ingliz  tilida bu so‘z “to make one thing lap over another, folded up as a garment that is laid away.”) degan ma’nolarni anglatadi. Kun va tunning bir-birini o‘rashi faqatgina yer sharsimon shaklda bo‘lgan holda  to’g’ri keladi. Ammo yuqorida aytilganidek, arablar bundan 1400 yil ilgari yerni yassi shaklda deb o’ylardilar. Demak, dunyoning aylana ekanligi - yettinchi asrda nozil qilingan Qur’oni Karimdan olingan asosdir. Zotan Alloh insoniyatga haqiqatni o’rgatadi.

Allohning Kitobida  ta’kidlangan bu masala bir necha asrlar o’tib olimlar tomonidan tasdiqlandi. Qur’on Allohning so’zi bo’lgani uchun unda koinotni tasvirlashda eng to’g’ri so’zlar ishlatilgan. Bunday so’zlarni bilish va tanlashga inson ojizdir. Ammo Alloh barcha narsani bilguvchi, U hohlagan vaqtida odamzotga ushbu haqiqatlarni oshkor qilishi mumkin.

ALLOH YARATGAN MO’JIZALAR

Bolalar! Hech ta’ajjublanganmisiz?

“Koinot qanday yaralgan?” “Quyosh va oy qanday qilib vujudga kelgan?” ”Qanday qilib rang-barang va biz sevadigan bananlar, olchalar, o’lho’ri va qulupnaylar kabi mevalar qora tuproqdan o’sib chiqadi?” “Ularga bu ranglar va shirin hidlarni kim bag’sh etadi?” “Sizni onangiz dunyoga keltirgan, ammo dunyodagi birinchi insonni onasi yoki otasi bo’lishi mumkinmasku. Shunday ekan dunyodagi ilk inson qanday qilib to’satdan paydo bo’lgan?"

To’g’ri javob qandayligini bilasizlarmi? Atrofingizda ko’rib turgan hamma narsani, jumladan siz o’zingiz, do’stlaringiz, ota-onangiz, yer, quyosh, sevib yeydigan bananlar, olchalar, qulupnaylar, rang-barang atirgullar, binafshalar, ajoyib iforlar, insonlar, mushuklar, itlar, chumolilar, arilar, otlar, qushlar va kapalaklar, qisqasi barchasini Alloh yaratgan.

Evolyutsiya nazariyasi nima?

Allohga ishonmaydigan odamlarning o’z g’oyalari bor. Bu g’oya “evolyutsiya nazariyasi” deb nomlangan. Evolyutsiya nazariyasiga ishonadigan odamlar esa “evolyutsiyachilar” deb ataladilar.

Evolyutsiya nazariyasini o’ylab topgan odamning nomi Charlz Darvin bo’lib, u bundan 150 yil avval yashab o’tgan. Darvin barcha tirik mavjudodni Alloh yaratganiga ishonmagan. Uning g’oyasiga ko’ra, hamma narsa o’z-o’zidan tasodifiy tarzda paydo bo’lgan. U mavjudodlar o’z shaklini boshqasiga o’zgartirgan va shunday asnoda barcha mavjudodlar kelib chiqqan deb o’ylagan. Ya’ni, Darwinga ko’ra bir kun baliqlar tasodifan reptiliyalarga o’zgarib qolgan. Boshqa kuni esa reptiliyalar uchishni boshlab qushlarga aylanib qolganlar. Darvin ta’limotiga muvofiq insonlar maymunlardan tarqalganlar. Demak, Darvinni aytishicha sizning ota bobongiz maymun bo’lgan ekan!

Keling birga tekshirib ko’ramiz

Evolyutsiya nazariyasida ta’kidlanishicha, tirik mavjudod vaqt o’tib u o’zida boshqa hususiyatlarni rivojlantiradi va oqibatda boshqa bir tirik jonzotga aylanadi. Masalan, evolyutsiyachilarning ishonishicha, baliq bazi hodisalar natijasida sekin asta reptilyaga o’zgaradi.

Agar siz baliq qanday qilib reptilyaga aylanib qoladi deb so’rasangiz, ular shunday deb javob beradilar: Bir kuni baliq mutatsiya - irsiy buzilishni boshdan kechiradi, ya’ni u ham huddi Yaponiyadagi radiatsiya oqibatida zararlangan bolalar kabi hodisani boshdan kechiradi. Ushbu mutatsiya natijasida baliq bazi o’zgarishlarni boshdan kechiradi va qarabsizki bir kun kelib, million yillardan so’ng baliqni timsohga o’zgarib qolganini ko’rishingiz mumkin! Bu da’vo asossizdir. Bundan tashqari, mutatsiyalar jonzotlarga doim zararli ta’sir qiladi, ularni majruh yoki kasalmand qilib qo’yadi. Shunga qaramasdan, evolyutsiya nazariyasi hamon aynan mutatsiyalar baliqni evolyutsiya jarayonidan o’tib reptiliyalarga aylanishiga sabab bo’lgan deb o’zlarini o’qlab turaverishadi. Bu biron kishi ishonishi uchun noloyiq, o’ta ishonarsiz to’qib chiqarilgan g’oyadir.

Tabiiy seleksiya nima?

Sodda qilib tushuntirganda, tabiiy seleksiya - bu kuchliroq mavjudodlar tiriklari qolib zaifroqlari yo’qolib ketishidir.

Keling buni quyidagi misol orqali izohlasak: Aytaylik, masalan, kiyiklar to’dasi bor va yirtqichlar ularga doim hujum qiladilar. Bunday vaziyatda kiyiklar tez yugurishni boshlaydilar va ular orasidan eng tez yugurgani va eng chayirginasi jon saqlab qoladi. Vaqt o’tib zaif va sekin yuguradiganlari umuman yo’qolib boradi, chunki ular yirtqichlarning oviga ilinadilar. Shunda faqat sog’lom va baquvvat kiyiklar qoladi.  Natijada, bir qancha vaqt o’tgandan so’ng to’da faqatgina baquvvat kiyiklardan iborat bo’lib qoladi.

Endi siz Haqiqatni bilasiz

Shu vaqtgacha biz ta’kidlab o’tgan barcha hodisalar to’g’ri, lekin ularning evolyutsiyaga aloqasi yo’q.  Evolyutsiyachilar aytishicha, kiyik davomli evolyutsiya jarayonidan so’ng boshqa bir jonzotga aylanadi, masalan jirafaga. BU NOTO’G’RI, chunki kiyik qanchalik tez yugurishidan, yoki bo’ynini yuqoriga qanchalik uzun cho’zishidan  qat’iy nazar, u boshqa bir yaralmishga, misol uchun sherga yoki jirafaga  aylanaolmaydi.  Bu ertaklarda sodir bo’lishi mumkin halos. Aziz bolajonlar! Mana endi siz evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari yolg’onchi ekanini bilib oldingiz. Shu ondan e’tiboran, o’zingiz guvoh bo’lgan barcha narsalar haqida fikr yuriting. Misol uchun, agar siz biron chivinni ko’rib qoldingiz deylik, o’ylab ko’rinchi, u qanday vujudga kelgan. Yoki meva yeyayotganingizda bu mevaga Alloh ta’am va hid bergani haqidagi asosni hayolingizdan o’tkazing. Osmonga qaragan chog’ingizda oy va yulduzlarni ko’rsangiz ularni osmonga terib qo’ygan Zot Yolg’iz Alloh ekanini hech qachon unutmang. Alloh haqida o’ylashni davom eting va do’stlaringizga ham Allohni doim eslatib turing. Shunda Alloh sizni chindan yahshi ko’rib qoladi va sizga o’zining go’zal ne’matlariga to’la hayot kechirishlikni nasib etadi, InshaAlloh.